(GMT+5) | 01.12.2021

Bugun tuman hokimining navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi. Unda 23 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi.

piskent-hokimi.jpg

Bugun tuman hokimi R.Rixsievning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi. Qabulga yigirma uch nafar fuqaro murojaati bilan qatnashish istagini bildirgan bo'lib, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida ularning murojaatlari tinglandi.

“Taraqqiyot” MFYda yashovchi Sh.Shoxidova voyaga etmagan yosh farzandlari bilan yashaydi. Sharoit taqozosi bilan yozda hashar bilan qurilgan uyining tomini yopib olishga qurbi etmagan. Ayolning murojaati tuman hokimi va o'rinbosarlari ishtirokida o'rganildi. Imoratining tomi uchun zarur qurilish materiallari olishda amaliy yordam ko'rsatiladigan bo'ldi.

dd1.jpg

M.Najmiddinova “Said” MFY da yashaydi. Uning uy-joy masalasida qilgan murojaatini tinglagan tuman hokimi xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchiga yo'naltirilib, ijobiy hal etish bo'yicha ko'rsatma berildi.

Murotalilik Z.Usmonova huquqiy yordam so'rab kelgan. Uning oilaviy muammosi bo'yicha tuman hokimligi yuristkonsulti tomonidan huquqiy maslahat berilib, masala sud tartibida hal etilishi tushuntirildi.

ddd1.jpg

Qabul davomida yo'llar ta'miri, kredit, bolalar nafaqasi, uy-joy, kommunal sohaga oid murojaatlar tegishli rahbarlar ishtirokida o'rganilib, qonun doirasida hal etish uchun yo'naltirildi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, murojaatchilar orasida boqimandalik kayfiyatida bo'lgan fuqarolar ham uchraydi. Masalan, “Fayzobod”lik Z.Q. o'zi va mehnatga layoqatli 22 yashar o'g'li borligi, farzandiga dehqonchilik qilishi uchun 30 sotix er ajratilgan bo'lishiga qaramay, ishlamasdan uy ta'miri uchun yordam so'ragan. Ayolga mavjud bo'sh ish o'rinlaridan ish taklif etildi.